
59
27 Fevral , 2023
1 daqiqa o'qish
“Vatandoshlar” jamoat fondi huzuridagi tibbiyot sohasidagi Ekspertlar Kengashi bilan navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha “Vatandoshlar” jamoat fondi huzuridagi tibbiyot sohasidagi Ekspertlar Kengashi bilan navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb mavzular, xususan, turli xil yuqumli kasalliklar, viruslarga qarshi kurashish, infeksiyalarni erta aniqlash uchun infratuzilmani yaratish zarurligi to'g'risida muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, ekspertlar tomonidan yurtimizdagi mutaxassislar uchun pandemiya (COVID-19) sabablarini aniqlash, mexanizmlari va qarshi choralar mavzusida onlayn o‘quv seminarini o‘tkazish taklifi ilgari surildi hamda kelishib olindi.
#Ekspertlar Kengashi #onlayn uchrashuv #COVID-19