Image

52

13 Mart , 2023

1 daqiqa o'qish

Pusan xorijiy tillar universitetida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi diplomatlari Pusan xorijiy tillar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida vatandoshlarimiz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim jihatlari bilan tanishtirildi. Jumladan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, turli sabablarga ko‘ra xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Yoshlar to‘g‘risidagi davlat siyosati, shuningdek, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, ularning bandligini taʼminlash va munosib mehnat qilishi uchun yaratilgan imkoniyatlar singari masalalarga alohida to‘xtaib o‘tildi.

O‘zaro muloqot chog‘ida shaxsiy xavfsizlik choralari hamda Koreya qonunchiligiga qatʼiy rioya qilish zarurati, shuningdek, konsullik ro‘yxatidan o‘z vaqtida o‘tish yuzasidan ham fikr yuritildi.

Uchrashuv yakunida elchixona va talabalarimiz o‘rtasidagi yaqin aloqalarni yana-da mustahkamlash, shuningdek, joriy yilda rejalashtirilgan muhim siyosiy tadbirlarda faol ishtirok etish bo‘yicha kelishib olindi.


Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing