
85
07 Fevral , 2023
1 daqiqa o'qish
Mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi Rossiyada qiyin moddiy ahvolda tushib qolgan ikki nafar yurtdoshimizning O‘zbekistonga qaytishida yordam ko‘rsatdi
VLADIVOSTOK, 6 fevral. /«Dunyo» AA/. Rossiyada qiyin moddiy ahvolga tushib qolib ikki nafar vatandoshimiz O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Xususan, Samarqand viloyatidan bo‘lgan M.T. qizi X.A.ning sog‘lig‘i yomonlashgani hamda O‘zbekistonga qaytib borishi uchun zarur mablag‘i yo‘qligini bildirib, Bosh konsulxonaga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, X.A. 2007 yildan buyon qandli diabet kasalligidan aziyat chekib keladi hamda 2022 yil iyun oyida davolanish maqsadida Primorsk o‘lkasiga kelgan. U Vladivostok shahri 2-sonli shifoxonasida davolanish muolajasini olib kelgan. Yurtdoshimizning davolash muolajalari va dori-darmonlari uchun uning onasi har oyda 200 ming rublgacha xarajat qilgan va natijada qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Ushbu vaziyat hisobga olinib, vatandoshimiz diplomatik missiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, «Mehr» loyihasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytishi uchun «Uzbekistan airways» AJning Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi samolyotiga chipta sotib olib berildi va kuzatib qo‘yildi.
Shuningdek, Bosh konsulxonaga amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tug‘ilgan D.A.ga ham «Uzbekistan airways» aviakompaniyasining Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi reysiga aviachipta rasmiylashtirib berildi.
Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing