.jpg)
89
08 Fevral , 2023
1 daqiqa o'qish
Janubiy Koreyaning Pochon va unga yaqin hududlarida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz bilan sayyor qabul va uchrashuv o‘tkazildi
SЕUL, 6 fevral. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi va Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi xodimlari tomonidan Pochon va unga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan sayyor qabul va uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, xorijda vaqtincha mehnat mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimizning qonuniy huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi. Vatandoshlar mezbon davlat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirildi.
Uchrashuv Koreya Respublikasida bo‘lib turgan faol vatandoshlarimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida onlayn tarzda yoritib borildi.
Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing